Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputat Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida istiqomat qiluvchi Isroilova Dilnoza xonadoniga tashrif buyurilib, uning faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida joylashgan 67-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Turkibola mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan fuqaro murojaati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan hududda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarlilik darajasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Djamalova Lola Djalilovnaning so‘roviga tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz direktori A.Tamiqayevdan javob olindi.
TA’LIM-TARBIYA YO‘NALISHIDAGI VAZIFALAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

 Tashrif davomida deputatlar maktab faoliyati, o‘quv jarayoni, sinf xonalari va ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Bundan tashqari, tashrif davomida yaqinda foydalanishga topshirilgan 360 o‘rinli yangi o‘quv binosini ko‘zdan kechirishdi.

 O‘quvchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda deputatlar bugungi kunda mamlakatimizda berilayotgan imkoniyatlar va ularni unumli foydalanib, yutuqlarga erishayotgan shogirdlar misollarini keltirdilar.

 Shu bilan birga, uchrashuvda kitobning shaxsni ma’naviy yuksaltirishda, jaholatga qarshi kurashda eng muhim vosita ekanligi ta’kidlandi va o‘quvchilarni ko‘proq kitob mutolaa qilishga chaqirdilar.

 Tashrif yakunida deputatlar maktabdagi a’lo baholarga o‘qiyotgan faol o‘quvchilarga o‘z shaxsiy kutubxonalaridan badiiy kitoblar sovg‘a qildilar.

 Mazkur tashrif ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni bilimga, kitobga va ilmga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1