Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputat Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida istiqomat qiluvchi Isroilova Dilnoza xonadoniga tashrif buyurilib, uning faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida joylashgan 67-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Turkibola mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan fuqaro murojaati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan hududda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarlilik darajasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Djamalova Lola Djalilovnaning so‘roviga tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz direktori A.Tamiqayevdan javob olindi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovlar tomonidan Javshar ota mahallasida investitsiya dasturlari asosida tashkil etilgan loyihalar holati o‘rganildi.
Deputat faoliyatidan

 #24_ta_masala 

  Keshtali mahallasida deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi 

 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 19-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Uljayeva Olga Ibadulla qizi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga
ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil
31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-son qaroriga asosan saylovchilari oldida 1 chorak yuzasidan o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida axborot berdi. Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mahalla hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.   

Slide 1 of 3