Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan 79-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Omonov O'ktam To'raqulovichning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala doimiy komissiya raisi va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi
янв.21
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilib, g‘olib deb topilgan loyiha ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat ishtirokida yangi loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
Eronshoh MFY da obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 17-Dovud saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boboyev hamda “mahalla yettiligi” hamkorligida Eronshoh MFY hududidagi qabristonda hashar tashkil etildi.

Ushbu hasharda mahalla faollari va fuqarolar birgalikda ishtirok etib, qabriston hududini tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida atrof-muhitni asrash va muqaddas maskanlarni e’zozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatning taklifi asosida qabriston hududiga quyosh panelli, energiya tejamkor tungi yoritkichlar o‘rnatildi. Bu esa nafaqat hududni yoritish, balki elektr energiyasini tejash va zamonaviy, ekologik yechimlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlab, obod va fayzli muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4