Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati 

Dilfuza Anziratova

Mahalla faollari samarali faoliyat olib borishi, hududda tinchlik va osoyishtalik hamda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolarning og‘irini yengil qilish, quvonch va tashvishlarini baham ko‘rish uchun shart-sharoitlar yaratish - bu mahallamizning asosiy maqsadi, — deydi MFY raisi Odiljon Tog‘ayev. — Bunday imkoniyatga yarasha ish samaradorligimizni oshirmog‘imiz hayotiy zaruratdir. Zero, mahalladagi osoyishtalik va obodlik, oilalardagi xotirjamlik har bir insonning bugungi kundan rozilik hissi bilan yashayotganini dalillaydi. Shuningdek, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirishda umumxalq hasharlarni tashkil etish, to‘y va ma’raka marosimlarni tartibga solish, aholi va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari ham endilikda mahalla faollari va ahlidan yakdillikni talab etadi.

️2026-yil 6-aprel kuni “Mehrjon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorligida “Narpay tuman tajribasi” namunasida aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, ekologiya, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 5