Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidagi Xosa mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilarning muammolari eshitildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 12-15-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar ishtirokida tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Mening bog‘im” loyihasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan “Mumtoz Education” o'quv markazi faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat N.Ochilova tomonidan tuman markazida joylashgan ijtimoiy uyda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoitlari hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati N.Ochilova bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda deputat N. Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi
Mahalla — jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘ini

Bugungi kunda mahalla nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi institut, balki jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng yaqin va ta’sirchan bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat dasturlari ijrosi, byudjet mablag‘larining sarflanishi, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — bularning barchasi avvalo mahalla darajasida seziladi va baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, mahallaning roli faqat ijrochi emas, balki nazorat qiluvchi va tashabbus ko‘rsatuvchi institut sifatida ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda “Ochiq byudjet” mexanizmi aynan shu jarayonga yangi mazmun kiritdi. Aholi o‘z hududida qaysi muammo ustuvor ekanini o‘zi belgilayapti, ovoz berayapti va mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirishni hal qilyapti. Bu esa mahallaning haqiqiy jamoatchilik platformasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida fuqarolarning birdamligi va faol ishtiroki natijasida Baxshitepa hamda Navbahor mahallalarida ichki yo‘llarni asfalt qilishga qaratilgan ikki yirik loyiha g‘olib bo‘ldi. Bu natija tasodif emas. Ovoz berish jarayonida aholining uyushqoqligi, qo‘shni-qo‘shnini chaqirishi, muammoni birgalikda hal qilishga intilishi — mahallaning jonlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ammo eng muhim jihat shundaki, loyiha g‘olib bo‘lishi ishning yakunlanishi emas, balki yangi bosqich — jamoatchilik nazorati boshlanishidir. Endi asosiy savol: ajratilgan mablag‘ qayerga va qanday sarflanyapti? Yo‘l sifatlimi? Belgilangan muddatga rioya qilinmoqdami? Pudratchi o‘z majburiyatini bajaryaptimi?

Agar mahalla ahli bu jarayonga befarq bo‘lsa, eng yaxshi loyiha ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha, har bir fuqaro “bu mening ko‘cham, mening mablag‘im” degan mas’uliyat bilan yondashsa, har bir metr yo‘l sifatli bo‘ladi. Shu bois mahalla faollari, deputatlar va oddiy aholi birgalikda ish olib borishi, qurilish jarayonlarini joyida kuzatishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘tarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish faqat bitta loyiha bilan cheklanmaydi. U maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, kommunal xizmatlar, hatto kundalik maishiy masalalargacha qamrab olishi kerak. Mahalla shu ma’noda jamiyatning “ko‘zi va qulog‘i”ga aylanishi zarur.

Eng muhimi, bu jarayonda har bir inson o‘zini chetda tomoshabin emas, balki o‘z hududining haqiqiy egasi deb his qilishi lozim. Ana shundagina mahalla haqiqatan ham jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanadi.

Raxmatov Fotex Akmalovich, tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2