Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 13–17-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
19-Ravot saylov okrugida deputatlik o‘rni bo'shligi sababli hududdagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida Meliorativ obyektlarda 2027-yilda Davlat dasturi bo‘yicha taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash-tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Ernazarqo‘rg‘on mahallasidagi oqava suv muammosi yuzasidan tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan savol berildi.
янв.21
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning hisoboti ko'rib chiqildi
янв.21
Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 15-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat Buvsara Karabekova tomonidan hududlardagi transport infratuzilmasi holati tahlil qilinmoqda va o‘rganilmoqda.

🔍O‘rganishlar natijasida "Nurafshon" MFYdagi quyidagi ko‘chalarning jami 560 metr qismi shag‘allashtirilmay, tuproq yo‘l holatida qolib ketganligi aniqlandi:

📍Turkiston ko‘chasi – 360 metr;

📍Yashnaobod ko‘chasi – 110 metr;

📍Ko‘kdala ko‘chasi – 90 metr.

Yog‘ingarchilik mavsumida ushbu ko‘chalarda suv to‘planib, loy bo‘lishi natijasida fuqarolar va avtotransport vositalari harakatlanishida jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur holat yuzasidan hududda yashovchi aholi tomonidan ham murojaatlar kelib tushgan.

✅ Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo‘llarni shag‘allashtirishda amaliy yordam berish va muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Xolmonovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 4