Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Qilichev tomonidan "Narpay tajribasi" asosida o‘z saylov okrugidagi xonadonlarga borib, fuqarolar bilan bevosita muloqotlar olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar davomida aholining kundalik muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda ularni qiynayotgan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olinmoqda.
Bu kabi tashabbuslar orqali aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.