Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalar monitoring qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Kasimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan “Manzura bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
#Sessiya_qarori
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL APREL OYI REJA-GRAFIKI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshoatga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexqonova tomonidan Toshxovuz mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligi masalalari yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan Do‘stlik mahallasi aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi

Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi o'z yakuniga yetdi va o'nta masala atroflicha ko'rib chiqildi. Shundan bugungi kunda dolzarb bo'lgan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2026 yil Ochiq budjet jarayoni 1-mavsumi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash, Normurodov Mirzoxid Ergash o‘g‘li - Do‘stlik tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026-yilda Do‘stlik tumani bo‘yicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini
oshirish to‘g‘risida, tumanda renovatsiya masalalari Qishloq xo‘jaligi yerlarini bog‘lovchi xo‘jaliklararo ichki yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash, 2026-2027 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish ishlari, Ijtimoiy reyestrdagi ehtiyojmand oilalar uy-joylarini ta’mirlash va energiya samaradorligini oshirish,
tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini zarur kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlash masalalari yuzasidan Elmuratov Otabek Anorboy o‘g‘li - “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hisoboti, Qarshiboyev Ismat Tursunmatovich - Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, hududga biriktirilgan bosh vakilning tuman hududidagi og‘ir toifaga kiritilgan “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ichki yo‘llarning ta’mir, tunggi yoritish tizimi tashkil qilish va Jo‘rayev Nuriddin Abdullayevich - “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbarining tumanda 2026 yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun suv resurslaridan foydalanish limitini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida hamda G’aybullayeva Soatxon Jalolovna - Reglament va deputatlik odob-ahloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisining Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining doimiy komissiyalar tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida axborot va hisobotlari tinglandi. Sessiya jonli tarzda uzatildi.    

Slide 1 of 19