Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
Tuman tibbiyot muassasalarini yaxshilash yo‘lida

Pastdarg‘om tumanida sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash borasida navbatdagi qadam, tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i I.Xusenov 2026-yil 3-martdagi 05/314-sonli xati, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xulosasiga asosan arxiv va omborxona binolari tom qismini ta’mirlash uchun 70 000,0 so‘m mablag‘ talab etilishi ma’lum qilindi. Mazkur masala O‘zb. Res.si Oliy Majlisi Senati Kengashi 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli qaroriga ko'ra, mablag‘ ajratish Kengash qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur mablag‘ni tuman mahalliy budjeti 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratish masalasini xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritish uchun tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan rasmiy xat yo‘llandi.

Mazkur masala sessiyadan oldin, deputatlar tomonidan o'rganilib, doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Slide 1 of 1