Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 20-24-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.DJamolova “Kattasaydov” mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi, Pastovul qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar va yoshlar maslahat guruhi a'zosi savodxonlik aksiyasida ishtirok etishdi.
янв.21
Deputatlar va yoshlar maslahat guruhi a'zosi savodxonlik aksiyasida ishtirok etishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 13–17-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
19-Ravot saylov okrugida deputatlik o‘rni bo'shligi sababli hududdagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar

#munosabat

Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar


Mamlakatimizda bolalar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. 3 mart kuni imzolangan Prezident farmoniga muvofiq, jinsiy jinoyatlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilib, ayrim yangi huquqiy mexanizmlar joriy etilishi belgilandi.

Farmonga ko‘ra, pedofiliyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari yanada qat’iylashtirilmoqda. Xususan, 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tegish yoki zo‘rlik ishlatgan holda jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni takroran sodir etgan shaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni, bunday jinoyat uchun avval sudlangan shaxs yana shunday qilmishga qo‘l ursa, unga eng og‘ir jazo tayinlanishi ehtimoli yuzaga keladi.

Shuningdek, mazkur turdagi jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar manzil koloniyaga o‘tkazilmasligi ham belgilandi. Bu esa jazoning ijrosini yanada qat’iy nazorat ostida ta’minlashga xizmat qiladi.

Farmonda yana bir muhim yangilik — jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish vakolatining prokuratura organlariga qaytarilishi hisoblanadi. Ilgari bu ishlar ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi tergov jarayoni prokuratura tizimi nazoratida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, shahvoniy shilqimlikka oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish ichki ishlar organlari vakolatida qoladi. Ammo bunday ishlar sudga yuborilishidan oldin prokurorning “jinoyat alomatlari yo‘q” degan xulosasini olish majburiy bo‘ladi.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida zamonaviy raqamli imkoniyatlar ham joriy etilmoqda. 1 apreldan boshlab himoya orderi berilgan xotin-qizlarning telefoniga Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus ilovasini o‘rnatish taklif etiladi. Agar ular yana tazyiq yoki zo‘ravonlikka duch kelsa, ilova orqali “SOS” chaqiruv tugmasini bosib, zudlik bilan yordam chaqirishi mumkin bo‘ladi.

Farmon doirasida yana bir qator yangi huquqiy tushunchalar uchun alohida javobgarlik kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni aynan jinsi sababli qasddan o‘ldirish — femisid, oila a’zolarini qasddan o‘ldirish — familisid, shaxsni noqonuniy ta’qib qilish — stalking, internet orqali sodir etiladigan zo‘ravonlik — kiberzo‘ravonlik, shuningdek internet orqali voyaga yetmaganlarning ishonchini qozonib, ulardan jinsiy maqsadlarda foydalanishga qaratilgan onlayn gruming kabi holatlar uchun ham alohida javobgarlik belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun yengilliklar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy ta’limni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi. 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab, turli sabablarga ko‘ra kursdan qolib ketgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoni beriladi.

Shuningdek, agar talaba homiladorligi yoki 3 yoshgacha farzandi borligi sabab akademik ta’til olgan bo‘lsa, u ta’til davrida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

M.Yuldasheva

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati

Slide 1 of 1