Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-“Toshhovuz” saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehqonova Toshhovuz mahallasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar va ularning natijadorligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
Zarafshon mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati.
янв.21
Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish maqsadida 92-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova “Xo‘jaobod” mahallasida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalar monitoring qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Kasimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan “Manzura bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
#Sessiya_qarori
Deputat va aholi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tashkil etilib, unda fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha muhokama qilindi.

 Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

 Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar holatini yaxshilash

 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish

 Hududda infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar holatini yaxshilash

 Tibbiy xizmat sifati va aholi uchun qulayligini oshirish

 Ta’lim muassasalari sharoitlari va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

 Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda nazoratga olinishi ta’kidlandi.

 Davronov Komiljon tomonidan bunday uchrashuvlar aholining dardini bevosita tinglash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 1