Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
19-Ravot saylov okrugidagi Sarbozor mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq hayoti gazetasining telegram kanalida deputat N.Parmanova tomonidan Bolalarimiz tarbiyasi – kelajagimiz mevasi mavzusida maqola e'lon qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘. Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida joylashgan 19-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasidagi yo‘llar holati o‘rganildi.
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nurmanova bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan tomonidan 2026-yil 6-apreldagi 22-ds-377-26 (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12646)-sonli deputat so‘roviga asosan “Kattasaydov” mahallasi hududidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi va ularning sifati o‘rganildi.
#Jondorda_navro'z_sayli

Ayni vaqtda Jondor tumanidagi Markaziy o‘yingohda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. 

Xalq sayli tarzida bo'lib o'tayotgan ushbu bayramda milliy taomlar, urf-odat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan kompozitsiyalar, tumanimiz san’at ustalari, xalq badiiy jamoalari tomonidan konsert dasturlari namoyish qilinmoqda. 

Tantanada Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputat, Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev tumanimiz aholisiga bayram tabrigini yo‘lladi.

Shuningdek, sayil doirasida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi o'zbekona milliy o'yinlar, qo'shiq va laparlar ijro etilmoqda. Bayram dasturida folklor san’atining eng sara namunalari, o‘lan-laparlar, badiiy havaskorlik jamoalari o‘z chiqishlarini namoyon qildilar. 

Tadbir mehmoni "Nihol" mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan ijro etilgan qo`shiqlar yig‘ilganlarga olam-olam zavqu shavq ulashdi.

Slide 1 of 7