Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida Meliorativ obyektlarda 2027-yilda Davlat dasturi bo‘yicha taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash-tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Ernazarqo‘rg‘on mahallasidagi oqava suv muammosi yuzasidan tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan savol berildi.
янв.21
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning hisoboti ko'rib chiqildi
янв.21
Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Tumandagi nomsiz geografik obektlarga nom berish to‘g‘risida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Najmiddinovning axboroti muhokama qilindi.
янв.21
Tumandagi nomsiz geografik obektlarga nom berish yuzasidan tuman Kengashi deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan savol berildi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b O‘.Bayzaqovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b O‘.Bayzaqovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
📣📣📣 Тashabbusli byudjet jarayonida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lmagan takliflar yuzasidan monitoring davom etdi.

📣📣📣 Тashabbusli byudjet jarayonida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lmagan takliflar yuzasidan monitoring davom etdi.

✅ Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati U.A.Yakubxodjayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari asosida kiritilgan takliflar va ularni moliyalashtirish yuzasidan o‘rganishni davom ettirdi. 

✅O‘rganish davomida Boshrabot mahallasidan tashabbusli byudjet jarayonida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lmagan takliflarni joyiga chiqqan holda o‘rganishdi. 

✅ Shu bilan bir qatorda deputatlar Boshrabot mahallasida tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari va tumani ixtisoslashuvi, geografik joylashuvi va boshqa infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturi doirasida bajarilish lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 5