Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Bahor", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 30 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Xo‘jaobod mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Axunov Jamshid Shodiyevichning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MART OYI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M.Nurmanova va Sh.Mirzaqulovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva tomonidan Tomoyrot mahallasida joylashgan 43-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari Z.Turdiyev va B.Shakarovlar tomonidan Nakurt mahallasida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Elektr ta'minoti bo'limida korrupsiyaga qarshi kurashish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
янв.21
🟢Mahalliy budjet ijrosi, mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari, shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo'yicha tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Aholi salomatligi yo‘lida: "Tez yordam" binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi

🚑 Aholi salomatligi yo‘lida: "Tez yordam" binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi Kotibiyat mudiri B.Amanov va Kotibiyat bosh mutaxassisi S.Bektemirov ishtirokida hududdagi yangi barpo etilayotgan "Tez yordam" (103) binosida olib borilayotgan qurish-montaj ishlari yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🏗 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ShNQ-3.01.01 normalariga muvofiqligi;

Binoning sifat darajasi va foydalanishga topshirish muddatlariga rioya etilishi;

Kelajakda tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratiladigan qulayliklar.

✅ Mas’ullarga qurilish jarayonini jadallashtirish va har bir bosqichni yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

📍 Maqsad — xalqimizga sifatli va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish.

Slide 1 of 3