Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Sessiya_qarori
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL APREL OYI REJA-GRAFIKI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshoatga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexqonova tomonidan Toshxovuz mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligi masalalari yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan Do‘stlik mahallasi aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Bahor", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 30 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Xo‘jaobod mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Axunov Jamshid Shodiyevichning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MART OYI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Deputat mahallada

 Yoshlar yer maydonidagi muammo bartaraf etiladi 

Xalq bilan muloqot va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish deputatlik
faoliyatining bosh mezonidir. Shu maqsadda, 18-Taraqqiyot saylov okrugi
deputati B.Nuriddinov fuqarolardan kelib tushgan navbatdagi murojaat asosida
joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida Oqtom MFY hududidan oqib o‘tuvchi Toshkanaldan yoshlar
uchun ajratilgan 6 gektar yer maydoniga suv boradigan quvur (truba) yopib
(betonlab) tashlangani aniqlandi.
 

Suv kelmasligi natijasida 6 gektar yer maydonidan foydalanish imkoniyati
cheklanmoqda;
 

Yoshlarning mehnat qilishi va daromad olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 

Mazkur holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 

Deputat B.Nuriddinov muammoni joyida tahlil qilib, yerning suv ta’minotini
tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Mazkur holat yuzasidan
tegishli tashkilotlarga zudlik bilan deputatlik so‘rovi yuborilishi va ijrosi
qat’iy nazoratga olinishi ma’lum qilindi.