Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Tomoyrot mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasida kadastr palatasi tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlari boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
🔼Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov tomonidan amalga oshirilgan ezgu tashabbus natijasida yana bir fuqaroning turmush sharoiti yaxshilandi. Tumanning Nakurt mahallasida istiqomat qiluvchi, uy-joyi ta'mirga muhtoj bo‘lgan fuqaro deputatning bevosita sa’y-harakatlari bilan uyi ta'mirlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan hududdagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
DEPUTAT NAZORATI

 Joriy yilning 25-mart kuni xalq deputatlari shahar Kengashiga 14-Bahor saylov okrugidan saylangan deputat X.Tolibov hamda xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.To‘rayevalar tomonidan shahar umumta’lim maktablarida “inklyuziv sinflar” tashkil etilganlik holati o‘rganildi. Deputat tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida
shahardagi 1,-2,-3,-4,-5,-8,-10,-11,-12,-13-umumta’lim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilganligi, umumta’lim maktablarida jami 39 nafar o‘quvchilar inklyuziv sinflarga jalb etilib, o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari shakllantirilgan hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalari mavjudligi, barcha inklyuziv maktablarda binoning birinchi qavatidan korrektsion mashg‘ulot olib borish uchun alohida xona tashkil etilganligi aniqlandi. Deputat X.Tolibov tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud ta'lim
oluvchilarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni o‘z vaqtida berilishi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.  

Slide 1 of 3