Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Elektr ta'minoti bo'limida korrupsiyaga qarshi kurashish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
янв.21
🟢Mahalliy budjet ijrosi, mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari, shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo'yicha tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-sessiyasida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 21-Payariq saylov okrugidan saylangan deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Isroilovaga savol berildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilovaning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovning hisoboti yuzasidan tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan savol berildi.
янв.21
Payariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovning hisoboti tinglandi.
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Musurmanov Maqsud Musurmon oʻgʻlining so‘roviga “Samarqand suv ta‘minoti ” AJ Payariq tumani filiali boshlig‘i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Tohirshayx mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
🏛Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasida joylashgan 12-son oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyati o‘rganildi.

Mazkur tibbiyot muassasasi nafaqat Xonchorbog‘, balki Elbek mahallasi fuqarosiga ham xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud sharoit, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlari faoliyati tahlil qilindi.

Xususan, Elbek mahallasida 5600 nafardan ziyod aholi istiqomat qilishi, xizmat ko‘rsatilayotgan jami fuqarolar soni esa 12 490 nafarga yetishi qayd etildi. Shuningdek, bepul dori-darmonlar turi 128 xilni tashkil etayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, aholi uchun sharoit yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tavsiya berildi.

Slide 1 of 5