Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musurmanov Maqsud Musurmon oʻgʻlining so‘roviga “Samarqand suv ta‘minoti ” AJ Payariq tumani filiali boshlig‘i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Tohirshayx mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
🏛Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Nurmatova hamda tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Nurmanova va o‘rinbosari Sh. Mirzaqulovlar tomonidan tuman Kengashining 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritlgan masala yuzasidan doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
💧Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Tomoyrot mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
Nayman MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Hududlarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolarini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan Nayman MFY xotin-qizlar faoli olib borayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammo va takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi, xotin-qizlar faollari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2