Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Tomoyrot mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasida kadastr palatasi tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlari boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
🔼Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov tomonidan amalga oshirilgan ezgu tashabbus natijasida yana bir fuqaroning turmush sharoiti yaxshilandi. Tumanning Nakurt mahallasida istiqomat qiluvchi, uy-joyi ta'mirga muhtoj bo‘lgan fuqaro deputatning bevosita sa’y-harakatlari bilan uyi ta'mirlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan hududdagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Deputat tomonidan bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan tuman hududidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati hamda binoning holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, musiqa va san’at yo‘nalishlarida olib borilayotgan ta’lim jarayoni, to‘garaklar faoliyati hamda o‘quvchilarni iqtidorini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, binoning texnik holati, mavjud infratuzilma, o‘quv xonalarining jihozlanganlik darajasi hamda ularni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni san’atga qiziqishini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5