Joriy yilning 17-mart kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Berdiqulova, tuman Kengashi deputati X. Ashirmatova hamda maktab ma’muriyati xodimlari ishtirokida Parkent tumani “Bodomtepa” MFY hududidagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Nazorat davomida deputatlar tomonidan bajarilgan
ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, qurilish sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida quruvchilar tomonidan bajarilgan ayrim ishlarda kamchiliklar aniqlanib, bu
borada mas’ul mutasaddilar bilan muhokama o‘tkazildi. Shuningdek, obyektni belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida topshirish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.