Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Tomoyrot mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasida kadastr palatasi tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlari boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
🔼Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov tomonidan amalga oshirilgan ezgu tashabbus natijasida yana bir fuqaroning turmush sharoiti yaxshilandi. Tumanning Nakurt mahallasida istiqomat qiluvchi, uy-joyi ta'mirga muhtoj bo‘lgan fuqaro deputatning bevosita sa’y-harakatlari bilan uyi ta'mirlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan hududdagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi!

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y.Usmonova tomonidan “Bahor” MFY hududida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va mavjud muammolar joyida o‘rganildi.

 O‘rganishlar davomida Qahramon, Do‘stlik, Yakkabog‘ hamda Gulhayot ko‘chalarida joylashgan suv quduqlarining qopqoqlari ochiq holda qolib ketgani aniqlandi.

️ Mazkur holat fuqarolar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirib, ayniqsa bolalar va piyodalar uchun noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli aholi tomonidan haqli e’tirozlar bildirilmoqda.

Ushbu muammo yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun Suv ta’minoti AJ Guliston shahar bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Quduqlarni zudlik bilan qopqoqlar bilan ta’minlash hamda xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3