🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq doimiy komissiya a’zolari F.Axmedov, Y.Narbekov, A.Mannobov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida tuman markazining Konchilar, M.Ulug‘bek, Matbuotchilar, S.Ayni ichki ko‘chalari holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
🔷O‘rganish davomida aholining ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda ushbu ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlash ishlarini 2026-yilgi “Manzilli ro‘yxat”ga kiritish haqida xulosa qilindi.
🔷Tadbirda tumanning “Kichiksoy”, “Navro‘z”, “Qoronqul” mahallalarida joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan ichki yo‘llar holati ko‘zdan kechirilib, aholi noroziligini keltirib chiqarayotgan ta’mirtalab ahvoldagi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha deputatlar tomonidan takliflar tayyorlandi.