Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Tomoyrot mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasida kadastr palatasi tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlari boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
🔼Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov tomonidan amalga oshirilgan ezgu tashabbus natijasida yana bir fuqaroning turmush sharoiti yaxshilandi. Tumanning Nakurt mahallasida istiqomat qiluvchi, uy-joyi ta'mirga muhtoj bo‘lgan fuqaro deputatning bevosita sa’y-harakatlari bilan uyi ta'mirlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan hududdagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Qiziltepa tumanida yangi 15 gektarlik bog‘ yaratildi.

 Qiziltepa tumanida yangi 15 gektarlik bog‘ yaratildi.

Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlarini munosib kutib olish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazildi.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qiziltepa tumanida ham keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, yangi 15 gektarlik bog‘ barpo etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, hududni yanada obod va yashil maskanga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Jumladan, tuman Kengashi deputatlari M.Karimova hamda F.G‘oziyevalar tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassislari D.Qanoatov, U.Sodiqovlar ham Malikobod mahallasida o‘tkazilgan “Yashil makon” umumxalq tadbirida faol qatnashib, ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlarida bevosita ishtirok etdilar.

Slide 1 of 6