Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Ko‘lto‘sin mahallasida barpo etilgan yangi mahalla binosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Qodirovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Kengash raisi boshchiligidagi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi yangidan tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi va tahlil qildi.
янв.21
6-Farovon saylov okrugida joylashgan amfiteatrga muxlislar uchun yangi o'rindiqlar o'rnatilishi belgilandi.
янв.21
Tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.
янв.21
Doimiy Komissiya raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 2-sonli Chelak poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va fuqarolarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o'rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat M. Musurmonovlar tomonidan Birlashuv mahallasidagi ichimlik suvi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi.
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa

🏡 Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa

📍 Oynako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Nomozov, mahalla yettiligi a’zolari, faol nuroniylar hamda ko‘chaboshilar ishtirok etdilar.

🌳 Yig‘ilish davomida mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🛡 Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa kiberxavfsizlikka oid jinoyatlarni barvaqt aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

📌 Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.