Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kazakova Muhabbat Kaxarovna bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari S.Maxkamov hamda O‘. Omonov tomonidan tumanda elektr ta’minoti xizmatlari bilan bog‘liq masalalar hamda ushbu yo‘nalishda korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Dexqonova Fotima Jonuzoq qizi Mirzo Ulug‘bek mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarorida aholini bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Nakurt mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bozordagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 9–13-mart kunlari amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot
янв.21
Mazkur jadvalda deputatlarning saylov okruglari kesimida haftaning kunlari bo‘yicha axborot berish va chiqishlar amalga oshirilishi belgilangan.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kambag'allikni qisqartirish bilan bog'liq masalalar bo'yicha komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Deputat yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kushkarbekov “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashabbuslar samaradorligini o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 14–30 yosh toifasida jami 365 nafar yoshlar mavjud. Ularning qiziqishlari asosida ishlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida “Kambag‘al oila” reyestrida turgan 1 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari qoplab berilgan.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 424 nafar yosh turli sport va madaniy yo‘nalishlardagi musobaqa hamda tanlovlarga ro‘yxatdan o‘tkazilib, 2026-yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan o‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham berildi.

Slide 1 of 2