Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.
янв.21
Doimiy Komissiya raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 2-sonli Chelak poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va fuqarolarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o'rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat M. Musurmonovlar tomonidan Birlashuv mahallasidagi ichimlik suvi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida joylashgan “Ok-oltin” (Dexkonobod), “Mirishkor” (Paxtakor) hamda, “Turkiston” nasos stansiyalarini xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish takliflari tasdiqlandi (https://kengash.gov.uz/doc/253722).
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha manzilli dastur loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kasimova Saodat Shirinbayevna Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumanda kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kazakova Muhabbat Kaxarovna bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari S.Maxkamov hamda O‘. Omonov tomonidan tumanda elektr ta’minoti xizmatlari bilan bog‘liq masalalar hamda ushbu yo‘nalishda korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
Tumanda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganilmoqda

Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosi tumanda xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputatlari O'.Shukurov hamda F.Xolmuratova tomonidan o‘rganilmoqda.

Mazkur qaror asosida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv tashkilotlari faoliyatini yanada shaffof va samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish jarayonida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimining bugungi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Mazkur masala navbatdagi sessiya kun tartibida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3