Mahallada yoshlar va xotin-qizlar manfaati — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati Z. Ibrohimova tomonidan
mahalladagi yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining ish samaradorligi
yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat raqamlarda tahlil qilindi:
892 ta oila mavjud;
1 518 nafar xotin-qizlar;
1 617 nafar yoshlar istiqomat qiladi.
Shuningdek, 32 nafar fuqaro profilaktik ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular
bilan yakka tartibda ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi.
Xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilgan xatlov natijasida "Ayollar
daftari"ning 7-bosqichiga 91 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand
ayollar ro‘yxatga olingan. Endilikda ularning bandligini ta’minlash va moddiy
ahvolini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar
samaradorligi muhokama qilindi.