Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya raisi B.Ochildiyev, komissiya raisi o‘rinbosari U.Panjiyev hamda komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida komissiya a’zolari tomonidan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)