Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 9–13-mart kunlari amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot
янв.21
Mazkur jadvalda deputatlarning saylov okruglari kesimida haftaning kunlari bo‘yicha axborot berish va chiqishlar amalga oshirilishi belgilangan.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kambag'allikni qisqartirish bilan bog'liq masalalar bo'yicha komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining targ‘iboti o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida 2025-yil davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M. Xamrayevning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Deputat saylovchilar bilan dolzarb masalalarni muhokama qildi

 Deputat saylovchilar bilan dolzarb masalalarni muhokama qildi.  

 Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati Shamshiddin Abduraximov hududdagi 11-sonli maktab faollar
zalida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 

 Uchrashuv davomida joriy yil 13–14 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hashari, shuningdek “Yashil
makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
 

 Shu bilan birga, aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikni oshirish,
fuqarolarning bu boradagi faol pozitsiyasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
 

 Shuningdek, “Tashabbusli budjet” platformasi orqali mahalliy ahamiyatga ega loyihalarni ilgari surish, aholi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni deputat o‘rganib chiqish uchun qayd etdi. 

Slide 1 of 3