Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur jadvalda deputatlarning saylov okruglari kesimida haftaning kunlari bo‘yicha axborot berish va chiqishlar amalga oshirilishi belgilangan.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kambag'allikni qisqartirish bilan bog'liq masalalar bo'yicha komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining targ‘iboti o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida 2025-yil davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M. Xamrayevning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 19-Guliston saylov okrugidan saylangan deputati Yusupova Zebiniso Abdusattarovna tuman Kengashining 23-sessiyasida tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i K. Rashidovga savol bilan murojaat qildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

YOSHLARGA MUROJAATI.

Qadrli talabalar, aziz yoshlar!

Joriy yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy va ma’naviy voqea sifatida tarixga kirdi. Unda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovasion loyihalarni moliyalashtirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni chuqur o‘rganish, volontyorlik harakatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bu tashabbuslar, avvalo, yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yuksak ishonch ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlar — ulkan iqtisodiy va intellektual kuchdir. Bu kuch — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va mas’uliyatli avloddir.

Aziz navoiyliklar!

Ilm va ma’rifat an’analari chuqur ildiz otgan Navoiy zamini azaldan buyuk allomalar, fidoyi insonlar va jasoratli yoshlar yurti bo‘lib kelgan. Bugun ana shu sharafli merosni davom ettirish, uni zamonaviy texnologiyalar va innovasion yondashuvlar bilan boyitish — bizning eng muhim vazifamizdir.

Muhtaram jamoa!

Navoiy davlat universiteti nafaqat ta’lim maskani, balki g‘oyalar tug‘iladigan, innovatsiyalar yaratiladigan va kelajak mutaxassislari shakllanadigan markaz bo‘lishi shart. Har bir fakultet va kafedra amaliy loyihalar, ilmiy izlanishlar va startap tashabbuslar bilan faol bo‘lishi zarur. Har bir diplom ishi — real muammoni hal etadigan loyihaga, har bir ilmiy tadqiqot — ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliy yechimga aylanishi lozim.

Aziz talabalar!

Sizlar — ertangi muhandislar, texnologlar, tadbirkorlar va innovatsiya yaratuvchilardirsiz. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan grantlar, imtiyozli kreditlar, startap dasturlari va xalqaro tajriba almashinuv imkoniyatlari — sizlar uchun. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, g‘oya bildirish, tashabbus ko‘rsatish va harakat qilishdir. Xatodan emas, harakatsizlikdan qo‘rqing.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizlar yoshlar qalbida ishonch uyg‘otuvchi, ularni g‘oyadan amaliy natijaga yetaklovchi ustozlarsiz. Zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda, talabalarda tadbirkorlik tafakkuri, jamoada ishlash madaniyati va global fikrlash qobiliyatini shakllantirish — bugungi kun talabi. Universitet rahbariyati sifatida biz yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, xorijiy til va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Bizning ustuvor maqsadimiz — oddiy diplom sohibini emas, balki ish o‘rni yaratadigan, innovatsiya kiritadigan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassisni tayyorlashdir.

Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Navoiylik yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaramiz, universitetimizni respublika va xalqaro miqyosda nufuzli ta’lim va innovatsiya markaziga aylantiramiz.

Ishonch bilan oldinga intilaylik!

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov

Slide 1 of 1