Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova “Go‘zal” mahallasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish hamda osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati. 24-ta yo'nalishining biri bo'yicha ishlar olib borildi.
янв.21
Deputat tomonidan hudud tozaligini ta’minlash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish.
янв.21
11-mart kuni o‘tkazilishi belgilangan Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi 12-mart kuni bo'lib o'tishi belgilandi.
янв.21
“Payariq hayoti” gazetasining navbatdagi sonida muhim uchrashuvlar yoritildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashida ijtimoiy tarmoqlarda nofaol ishtirok etayotgan deputatlarning media bilan ishlash bo‘yicha faolligini oshirish yuzasidan REJA-JADVAL
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishining biri bo'yicha ishlar olib borildi.
янв.21
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova ham ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat mahallada

 Mahalla tozaligi va ekologik holat deputat nazoratida 

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi 5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati
M.Qurbonova hamda "Bekobod" MFY raisi ishtirokida mahalla hududida
chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati yuzasidan o‘rganish
o‘tkazildi.
 

Chiqindi tashuvchi transport vositalarining belgilangan grafik asosida
aholi xonadonlariga kelishi.
 

Aholi tomonidan sanitar tozalov xizmatlari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida
amalga oshirilishi.
 

Ko‘chalar va jamoat joylarida noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishining
oldini olish.
 

Xizmat ko‘rsatuvchi korxona faoliyati yuzasidan fuqarolarning e’tiroz va
takliflari.
 

Deputat ta’kidlaganidek: "Mahallamiz ozodaligi — salomatligimiz
garovi. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi nafaqat sanitariya holatini
yaxshilaydi, balki aholining yashash sifatini ham oshiradi."
 

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan
mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.