Uchrashuvda viloyat Kengashi deputati S.Azimova, mahalla yettiligi a’zolari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy, infratuzilma, bandlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputatlar har bir murojaatni tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilishini ma’lum qildi.
Mazkur uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimiga erishishga xizmat qiladi.