Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan qonun targ‘iboti bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tuman Kadastr agentligi bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yerlardan oqlona foydalanish yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Ayni paytda Payariq tumanidagi 17-son Bolalar musiqa va san'at maktabida, tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida hududdagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov hamda viloyat deputati Norboyeva Soxiba Otaqulovna tomonidan Xosa mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi DJamalova Lola DJalilovna tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi.Tavboyev Azamat Qo'shboqovich
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanish holatini o‘rganish masalasi yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova o‘z saylov okrugi “Laylakkol” mahallasida bo‘lib, hududda joylashgan 34-maktab faoliyatini o‘rgandi. Tashrif davomida o‘quvchilarning ta’lim jarayoni, darslarning sifati, maktabning moddiy-texnik holati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni deputatga bevosita yo‘lladi. Bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek deputat “Laylakkol” mahallasida joylashgan “Go‘zal Boyzoqova” tikuvchilik korxonasida ham bo‘ldi. Tashrif jarayonida ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tashabbusi bilan “Xizmat–beminnat” loyihasi doirasida 5 nafar xotin-qiz kasbga yo‘naltirilib, tikuvchilik bo‘yicha o‘quv kurslariga qamrab olindi. Ushbu amaliy yordam ularning mustaqil kasb egallashi, barqaror daromad topishi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5