Bugun hududimizda aholi muammolarini o‘rganish va manzilli ijtimoiy yordam samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J.Ochilov "Mehnat" mahallasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning kundalik ish jarayoni, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlanmalar, ular bandligini ta’minlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy ko‘mak ajratish borasidagi harakatlari muhokama qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi.
Deputat tomonidan ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va muammolarni tezkor hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.