Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Mirzakulov Shoxrux Urinovich tomonidan tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Deputat Omonov O'ktam To'raqulovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Nakurt mahallasida
янв.21
Biz deputat S. Norboyeva bilan mahalladagi og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarga bordik.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda komissiya a’zosi O'.Omonov tomonidan Samarqand suv ta’minot MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bugun Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tegishli soha rahbarlari va mas’ullar bilan tumandagi hududlarda belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Axunov Jamshid Shodiyevich hamda viloyat deputati Norboyeva Soxiba Otaqulovna birgalikda Javshar ota mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mirzakulov Shoxrux Urinovich tomonidan Zarafshon mahallasida “og‘ir” toifadagi ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining 2026-yil 23-27-fevral kunlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Shahar OBODONLASHTIRISH boshqarmasida sessiya qarori qog‘ozda, mablag‘lar esa havoga sovurildimi?!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining VII-chaqiriq X-sessiyasida 23.09.2025-yil kuni (VM-665-qarori ijrosi yuzasidan) qabul qilingan VII-10-68-11-167-K/25-sonli hujjat aniq vazifalar, qat’iy muddat va ajratilgan budjet mablag‘lari bilan tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari 2025-yil yakuniga qadar to‘liq tugallanishi va foydalanishga topshirilishi shart edi.

Ammo amaldagi holat mutlaqo boshqa manzarani ko‘rsatmoqda. 7 ta MFY hududida yarim yildan buyon aslfalt u yoqda tursin bir kilo “kesak” yoq. Qurilish texnikasi yo‘q, ish sur’ati yo‘q, natija yo‘q. Aholi esa chang, loy va nosoz yo‘llar bilan yuzma-yuz qoldirilgan.

Eng xavotirlisi — mazkur loyihalar uchun budjet mablag‘lari to‘liq ajratilgan. Mablag‘ o‘zlashtirilgan, hisobotlarda “bajarildi” degan satrlar paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo joylardagi real holat bilan qog‘ozdagi raqamlar o‘rtasida keskin tafovut bor. Bu tafovut oddiy sustkashlik natijasimi yoki budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi alomatimi?

Oldin ham Kokilon MFY hududida bajarilgan ishlar sifatsiz ekani aniqlanib, kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. https://t.me/Quvasoy_kengash/7001 Ammo oradan oylar o‘tib ham vaziyat o‘nglangani yo‘q. Bu esa masalaga yuzaki yondashuv emas, balki tizimli loqaydlik mavjudligidan dalolat bermaydimi? 

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Xusanov Farxodjon zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar qayerda qoldi? Sessiya qarorini ijro etish o‘rniga uni cho‘zish, vaqtni o‘tkazish va jim turish — bu boshqaruv intizomimi yoki javobgarlikdan qochishmi? Agar mablag‘ ajratilib, ish bajarilmagan bo‘lsa, bu holat jiddiy moliyaviy savollarni keltirib chiqarmaydimi?

Sessiya qarori — shunchaki rasmiy bayonnoma emas. Bu hujjat ortida fuqarolarning soliq pullari, ularning kundalik hayoti va xavfsizligi turibdi. Agar ajratilgan budjet evaziga belgilangan ishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, bunday holatni oddiy beparvolik deb baholash qanchalik to‘g‘ri?

Mas’ul rahbariyatdan aniq hisob-kitob, shaffof moliyaviy ma’lumot, bajarilgan ishlarning real dalillari va yakuniy muddatlar bo‘yicha ochiq bayonot talab qilinadi. 

Budjet mablag‘lari — bu shaxsiy emas, xalqniki. Uni samarasiz sarflash yoki izsiz “yo‘qotish” har qanday holatda ham jamoatchilik oldida javobsiz qolmaydi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev, chet davlatlar bilan hamkorliklarni tiklab, yurtimizga investitsiya jalb qilish uchun jon kuydirayotgan bir paytda, tayyor kelib qolgan pulni talon-taroj qilish nafaqat jinoiy faoliyat balkim, ma’naviy falajlikdir…

Slide 1 of 3