Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining 2026-yil 23-27-fevral kunlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sobir Mahkamov bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov hududdagi 50-maktab binosida olib borilayotgan tom qismini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida ishsiz yoshlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Moxichexra Nurmanovaning so‘roviga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12244) tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Ayni paytda Payariq tumanidagi 78-umumta'lim maktabida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Shunqor Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Lola DJamalova birgalikda payshanba - yoshlar kunida bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad deputatlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aholi muammolarini tezkor va samarali hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
янв.21
6-"Farovon” saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanimizda bugungi kunda Xalq rozimi, kabi savollar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

 8-Lutfiy okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylar tom qismi ta’mirga muhtojligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaat asosida okrug deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna, mahalla faollari va uy egalari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish natijasida Lutfiy ko‘chasi 7-, 3-, 10-uylar, Bog‘iston 1-uy hamda Baynalminal ko‘chasi 57-uylarning tom qismlari aholi salomatligi va mulk xavfsizligi nuqtai nazaridan tezkor ta’mirlanishi zarurligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 8-Lutfiy okrugi deputati tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.  

Unda muammoni atroflicha o‘rganib chiqish hamda tomlarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. 

Masala deputat nazoratiga olindi.