DEPUTAT — MAHALLADA: MEHRIBONLIK MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi “Adolat” SDP deputati Roxila Mirzayeva tomonidan “Deputat — mahallada” loyihasi doirasida saylov okrugidagi Mehribonlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbir har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Deputatlar kuni” doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ayniqsa, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar sifati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlariga oid takliflar muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat tomonidan murojaatlar nazoratga olinib, aholi bilan muloqotlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.