Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sobir Mahkamov bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov hududdagi 50-maktab binosida olib borilayotgan tom qismini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida ishsiz yoshlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Moxichexra Nurmanovaning so‘roviga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12244) tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Ayni paytda Payariq tumanidagi 78-umumta'lim maktabida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Shunqor Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Lola DJamalova birgalikda payshanba - yoshlar kunida bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad deputatlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aholi muammolarini tezkor va samarali hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
янв.21
6-"Farovon” saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanimizda bugungi kunda Xalq rozimi, kabi savollar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich
Joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Maxtumquli saylov okrugidan saylangan deputat Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich bilan hamkorlikda Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda “Yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Maxtumquli saylov okrugidan saylangan deputat Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich bilan hamkorlikda Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda “Yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda maktabning ishchi-xodimlari va o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yoshlarga Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlari, mahallalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek, zamonaviy va istiqbolli kasblar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zaro muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Tadbir davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda kelajak kasbini ongli ravishda tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi va yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, kelajak kasbini to‘g‘ri tanlashiga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.

Slide 1 of 3