Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sobir Mahkamov bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov hududdagi 50-maktab binosida olib borilayotgan tom qismini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida ishsiz yoshlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Moxichexra Nurmanovaning so‘roviga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12244) tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Ayni paytda Payariq tumanidagi 78-umumta'lim maktabida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Shunqor Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Lola DJamalova birgalikda payshanba - yoshlar kunida bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad deputatlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aholi muammolarini tezkor va samarali hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
янв.21
6-"Farovon” saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanimizda bugungi kunda Xalq rozimi, kabi savollar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati hamda "Madad" NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Paxtakor tumani Samarqand mahalla fuqarolari yig'ini hududidagi asosiy avtomobil yo‘lining qatnov qismi uzoq vaqt davomida nosoz holatda bo‘lib, chuqurliklar va notekisliklar transport harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgan edi. Fuqarolarning murojaatlari asosida mazkur masala tuman Kengashi deputatlari tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari bilan birgalikda o‘rganildi hamda amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada:

- avtomobil qatnov qismi to‘liq tekislanib, sifatli asfalt qoplamasi yotqizildi;

- transport harakati xavfsizligi oshirildi;

- tirbandlik va avtotransport vositalariga yetayotgan zarar kamaytirildi;

- hududning transport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi.

Slide 1 of 4