Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi.A. Tavboyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining 2026-yil 16-20-fevral kunlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Deputat A. Maxxammatov Qirqovul mahallasida
янв.21
Sayyor qabul: har bir murojaat nazoratda
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati F.Shakarov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N.Ochilova yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati B.Shakarov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati L.Djamolova “Kattasaydov” mahallasining Xo‘ja qishlog‘i Ipakli ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi (https://t.me/kengash_margilon/1764) masalalarga daxldor shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. 

Kun tartibida Marg‘ilon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Dastur ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasini tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur komissiyaning maqsadi – fuqarolarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ekani ta’kidlandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya jarayoni Kengashning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri (https://www.facebook.com/share/v/1GGZbQCPjk/) olib koʻrsatildi.

Slide 1 of 7