Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Abdimo'minov Bandixon tumani sport maktabi faoliyati bilan tanishdi
📱Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan tumandagi sport maktabiga tashrif buyurilib, muassasa faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📱Tashrif davomida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlari hamda sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, murabbiylar va o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
📱Deputat tomonidan sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mas’ul tashkilotlarga aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
📱Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish va yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.