Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 14-Yangikent saylov okrugi deputati F. Sarimsakov hamda "mahalla yettiligi" tuman tomonidan hudud aholisining xonadonlariga tashrif buyurilib, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Xonadonma-xonadon yurish jarayonida:
-bahorgi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish;
-ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish va almashlab ekish;
-sifatli urug‘ va ko‘chat tanlash;
-sug‘orish hamda o‘g‘itlash me’yorlariga amal qilish.
Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Mazkur targ‘ibot ishlari tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, oilalar daromadini oshirish hamda hududda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.