Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati M.Kazakova Gʻoyib ota mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallani obodlashtirish, hududni yanada ko‘rkam va ozoda saqlash masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq Kengashi deputati L.Djamolova “Sarbozor” mahallasida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot xodimlari, hamshiralar hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
2026-yil 4-fevralda qabul qilingan O‘RQ–1116-son – “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish va tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish masalalari sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Bu haqda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyevning "Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ta’lim sohasidagi Farmon targ‘iboti o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman hamda viloyat Kengashi deputatlari Jumavoy Rahmonqulov va Nigora Sultonovalar “Navbahor” mahallasida joylashgan 49- hamda 53-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida pudratchilar va mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, mazkur maktab binolari joriy yil mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida to‘liq bitkazilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Deputatlar tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7