Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 4-fevralda qabul qilingan O‘RQ–1116-son – “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish va tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish masalalari sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Bu haqda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyevning "Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ta’lim sohasidagi Farmon targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
21-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputat Shoxrux Mirzaqulov bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanimizda bugungi kunda deputatning saylovchilar orasidagi obro‘yi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamolova “Sarbozor” MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Кенгаш ва адлия бўлими ташаббуси билан Гулобод МФЙда ҳуқуқий тарғибот тадбири

 Халқ депутатлари Давлатобод туман Кенгаши раиси Т. Бойдедаев, туман адлия бўлими бошлиғи Ж. Жўрамирзаев ҳамда туман Кенгаши котибияти мудири Ш. Тўхтасиновалар иштирокида Гулобод МФЙ ҳудудида сайёр қабул ва ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди. 

Тадбирдан кўзланган асосий мақсад аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтириш, фуқароларни қийнаётган муаммоларни жойига чиққан ҳолда ўрганиш ҳамда уларга амалий ёрдам кўрсатишдан иборат бўлди. 

Учрашув давомида фуқаролар томонидан ижтимоий ҳимоя, ер-муносабатлари, уй-жой, мерос, алимент, бандлик, тадбиркорлик фаолиятини юритиш ҳамда бошқа қатор масалалар юзасидан мурожаатлар келиб тушди. Ҳар бир мурожаат атрофлича ўрганилиб, амалдаги қонунчилик нормалари асосида ҳуқуқий тушунтириш ва маслаҳатлар берилди. 

Айрим мурожаатлар жойида ҳал этилди, қўшимча ўрганиш талаб этадиган масалалар эса тегишли ташкилот ва мутасадди идоралар билан ҳамкорликда ҳал этиш учун назоратга олинди.  

Slide 1 of 4