“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati tuman «Adliya» bo‘limi qoshidagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Ismoilov Rustam Akramovich bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilib, Xalq deputatlari tuman Kengashiga murojaat qilingan fuqaro arizasi yuzasidan huquqiy maslahat olindi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.