Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat Baxrulla Shakarov bilan matbuot anjumanida shu haqda gap bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati F.Dexkonova uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida deputat oiladagi nizolar va kelishmovchiliklarni oldini olish, oila barqarorligini saqlash bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi hamkorlikni tumandagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Tuman Kengashing Agrar qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi raisi va deputat S. Kasimova ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat N.Ochilova ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda

Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida tizimli ish olib bormoqda. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish amaliy natijalar bermoqda.

Xususan, Uzun tumanining Qarashiq mahallasida yashovchi aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. Mazkur murojaat asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

Ayni paytda ushbu hududda ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda. Bu esa mahalla ahlining ko‘p yillik muammosiga yechim bo‘lib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.