Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi raisi va deputat S. Kasimova ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputat N.Ochilova ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi raisi Azamat Tavboev Qo'shboqovich
янв.21
Alisher Navoiy o‘zining beqiyos ijodi, yuksak tafakkuri va xalqparvar faoliyati bilan nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat madaniyati tarixining eng yorqin siymolaridan biriga aylangan. U ona tilimiz — turkiy tilning qudratini dunyoga namoyon etib, milliy o‘zlik va ma’naviy uyg‘onish poydevorini mustahkamladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova tomonidan Turkibola mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova maktab xodimlarining murojaati asosida Payariq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabiga bordi.
📚 Xalq deputatlari vakili tashabbusi: “Kitobxon yoshlar – jamiyat ko‘zgusi”

    Joriy yilning 11-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi deputati Urol Chutbayev tashabbusi bilan Sho‘rchi tumani “Konobod” mahallasi hududidagi 35-maktab kutubxonasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon yoshlar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

    Tadbir davomida kitobsevarlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarda mutolaaga qiziqish uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

    Tadbirda so‘zga chiqqan deputat Urol Chutbayev shunday ta’kidladi:

“Oilada ayol kitobxon bo‘lsa, butun oilaga ma’naviyat ziyosi taraladi. Zero, kitoblar yaxshilikka yetaklaydi, insonning ma’naviy dunyosini boyitadi, fikrlash doirasini kengaytiradi va nutq madaniyatini oshiradi”. 

📖 Kitob mutolaasi — yuksak ma’naviyat va barkamol avlod garovidir.

Slide 1 of 1