Bugungi kunda siyosiy partiyalar fuqarolarning ustuvor huquqlarini amalga oshirish, xususan, davlat boshqaruvida faol va bevosita ishtirokini ta'minlashda muhim demokratik institut vazifasini bajarmoqda.
Xususan, siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli sezilarli darajada oshdi, ularning joylarda aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish borasidagi ishlari faollashdi, elektorat bilan ishlash tubdan o‘zgardi.
Xuddi shu ishlarning izchilligini oshirishda partiyalar bilan faol hamkorlikni ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi tomonidan mavjud partiya tashkilotlari va deputatlik guruhi raislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi
Unda deputatlik guruhlari faolligini yanada oshirish, aholi bilan muloqotlarda uchrayotgan masalalarni birgalikda hal etish, shuningdek, 2026 yilda amalga oshirlishi rejalashtirilgan ishlarda partiyalar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xujjatlar bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.