Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova Qumchuq mahallasida poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Payariq tuman prokuraturasining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputat O‘.Omonov ishtirokida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida joylashgan 71-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining isitish tizimi holatini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva
янв.21
Navbatdagi yigirma birinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati F.Dexkonova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati M.Kazakova
янв.21
Yig'ilish davomida 2025-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar tahlili va tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman hokimi Jahongir Nazarov ishtirok etib, joriy yilning 23-yanvar kuni hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilda rahbarlar va mahalla raislari oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan tuman aholisi va faollariga murojaat qildi.

Tuman hokimi o‘z murojaatida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash, qurilish va kommunal tarmoqda bunyodkorlik va obodonlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha joriy yilda ko‘zda tutilgan maqsad va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi, bu borada amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.

Sessiya davomida mahalla faollari, nuroniylar, deputatlar tuman rahbari tomonidan bildirilgan fikrlar, o‘rtaga qo‘yilgan vazifalarni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar hamda o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 4