Tadbirda, O‘zXDP Taxiatosh tuman Kengash raisi, Xalq deputatlar Taxiatosh tuman Kengashi deputati, O‘z XDP partiya guruxi raxbari D.Artikov so‘zga chiqib, "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan islohotlar, inson qadrini yuksaltirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirkchilarini https://uzbekistan2030.uz platformasi orqali o‘zlarining fikr va takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.